Xonanda Doston Ergashevga nisbatan 500 million soʻm miqdorida zararni undirish yuzasidan daʼvo kiritildi
Xabaringiz bor, bundan bir necha kun avval xonanda Doston Ergashev Oʻktam Aliyevning “Oʻylamadim” nomli qoʻshigʻini muallifning roziligisiz ijro etib, uni internet tarmoqlariga joylashtirgani hamda muallif bu haqida Intellektual mulk agentligiga qonuniy chora koʻrishni soʻrab murojaat qilgani haqida xabar berilgan edik.
Shundan soʻng Agentlik tomonidan holat boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy javobgarlik masalasini koʻrib chiqish uchun Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tuman maʼmuriy sudiga bayonnoma kiritilgan.
Natijada sud D.Ergashevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 177 (1)–moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, tegishli jarima jazosi tayinlagan.
Shundan soʻng, Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tuman maʼmuriy sudining qarori asosida xonanda Oʻ.Aliyev Doston Ergashevga nisbatan Fuqarolik ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tuman sudiga 500 million soʻm miqdoridagi moddiy va maʼnaviy zararni undirish yuzasidan daʼvo arizasini kiritdi.
Maʼlumot uchun, Oʻ.Aliyev tomonidan “Oʻylamadim” nomli qoʻshiq 2012-yil yaratilgan hamda mazkur qoʻshiq uchun videoklip suratga olingan. Ushbu videoklip YouTube platformasiga joylashtirilgan.
Shundan soʻng, 2020-yilda muallif Oʻ.Aliyevga tomonidan “Oʻylamadim” nomli qoʻshigʻi unga tegishli ekanligini bildirish maqsadida, katta miqdorida sarf-xarajat qilgan holda muallif tomonidan qoʻshiq uchun qayta videoklip suratga olingan va YouTube internet tarmogʻiga joylashtirilib, ommaga eʼlon qilingan.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 1056-moddasiga muvofiq asarga tuzatishlar kiritish, uni aranjirovka qilish yoki boshqacha tarzda qayta ishlash, asarni omma oldida ijro etish muallifning mutlaq mulkiy huquqlari hisoblanadi. Asardan daromad olish maqsadida foydalanilganligi yoki undan foydalanish bunday maqsadga qaratilmaganligidan qatʼiy nazar, asardan foydalanilgan deb hisoblanadi hamda muallif oʻz asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring