Xokkey boʻyicha Olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori nomi maʼlum boʻldi
Foto: РИА «Новости»
Slovakiya erkaklar terma jamoasi Pekinda boʻlib oʻtayotgan qishki Olimpiya oʻyinlarida xokkey boʻyicha uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Bronza medali uchun kechgan bahsda Slovakiya milliy terma jamoasi Shvetsiyani 4:0 hisobida magʻlub etdi. Uchrashuvda raqib darvozasiga gollarni Yuray Slafkovski (ikki bor), Samuel Takach va Pavol Regenda kiritdi.
Eslatib oʻtamiz, slovaklar nimchorak finalda Finlyandiyaga, shvedlar esa Rossiyaga magʻlub boʻlgan edi.
Rossiya — Finlyandiya oʻrtasidagi final bahsi 20-fevral kuni boʻlib oʻtadi. Rossiya terma jamoasi xokkey boʻyicha amaldagi Olimpiya chempioni hisoblanadi. Ruslar 2018-yil Pxenchxanda oltin medal uchun kechgan bellashuvda Germaniyani magʻlub etgan edi — 4:3.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring