Xizmatlar sohasini rivojlantirish ishlari muhokama qilindi

Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida Iqtisodiyot va moliya vazirligining mamlakat hududlarida xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi axboroti eshitildi.
Taʼkidlanganidek, 2025-yilning yanvar-mart oylarida respublikada bozor xizmatlari hajmi 210,8 trln soʻmni tashkil etdi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 112,6 foizga oshdi. Hududlar kesimida xizmatlar sohasida yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahrida (116,9 foiz), Samarqand (114,0 foiz) va Navoiy (113,1 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Joriy yilning birinchi choragida xizmat koʻrsatish sohasida hududlarda chakana savdoda 5,2 mingta, maishiy xizmatda 1,4 mingta, turizm bilan bogʻliq yoʻnalishlarda 738 ta, taʼlim va tibbiyot sohalarida 730 ta hamda 3,6 mingdan ziyod boshqa xizmat koʻrsatish obyektlari ishga tushirilgan.
Respublikada yangi savdo va servis obyektlari ishga tushirilishi natijasida 23,3 mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Transport sohasida 3 708 ta yoʻnalishda 36,2 ming jamoat transporti harakatlanishi yoʻlga qoʻyilib, 333,6 mingta yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatilgan.
Joriy yilning birinchi choragida respublikaga 2,1 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurib, 927 mln dollarlik turizm xizmatlari koʻrsatilgan.
“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida hududlar boʻylab 2,3 mln kishining sayohati amalga oshirilgan. Turizm va unga yondosh sohalar yoʻnalishida 1,8 mingta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Senatorlar tomonidan mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim muammolarga eʼtibor qaratildi.
Jumladan, xizmatlar sohasida ijara, taʼlimga doir, shaxsiy xizmatlar va savdo xizmatlari hajmi oʻsishi surʼatlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan sekinlashgani hamda yashirin iqtisodiyot ulushi saqlanib qolayotgani qayd etildi.
Shuningdek, sohada faoliyat koʻrsatmasdan kelayotgan tadbirkorlar mavjudligi, xizmatlar sohasida aholini ish bilan taʼminlash borasidagi dastur ijrosini taʼminlashda Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida kamchiliklarga yoʻl qoʻyilayotgani tanqid qilindi.
Yalpi majlisda hududlarda xizmatlar sohasida mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish orqali xizmatlar hajmining oʻsish surʼatlarini taʼminlash, xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarda xodimlarni ishga rasman qabul qilish va tizimda qayd etishni takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Foto: Davronbek Ernazarov / “Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring