Xivada BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda yagona sayyohlik majmuasi barpo etiladi
Joriy yil 29-aprel kuni mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi tashabbusi bilan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, elchixona va BAAning “Armada Group” rahbariyati ishtirokida videomuloqot oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Uchrashuvda Xiva shahridagi «Govuk-kul» koʻli havzasida 4-5 yulduzli mehmonxona qurish loyihasi muhokama etildi.
Ayni paytda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va bino dizaynini kelishish uchun kompaniyaning ekspertlari Xorazmda boʻlib turishibdi.
“Armada Group” boshqaruvi raisi doktor Muhammad R.Xakmi tomonidan «Govuk-kul» koʻli havzasida mehmonxonaga qoʻshimcha ravishda turar-joy va tijorat binolarini ham qurish takliflari bildirildi.
Mehmonxonani qurish ishlari boshlanishi bilan «Govuk-kul» havzasida yagona sayyohlik majmuasini tashkil etish doirasida viloyat hokimligi “Armada Group” bilan qoʻshimcha muzokaralarni olib borishga tayyor ekanligi taʼkidlandi.
Videomuloqot chogʻida loyihaning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida “Tadbirlar jadvali”ni ishlab chiqish hamda viloyat hokimligi va “Armada Group” oʻrtasida mehmonxona qurilishi toʻgʻrisidagi Memorandumni imzolash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring