“Xiva – Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” logotipi tasdiqlandi
2020-yilda Xiva shahri “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti” logotipi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA Madaniyat vazirligi manbasiga tayanib.
Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – Turksoy doimiy kengashining 37-majlisida 2020-yilda Xiva shahri “Turkiy dunyo madaniyat poytaxti”, deb eʼlon qilingan edi.
Turkiy dunyo madaniyat poytaxti sifatida har yili turkiy tilli davlatlar shaharlaridan biri tanlab olinadi. Xiva shahriga bu maqomni berish taklifi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil sentyabr oyida Qirgʻizistonda oʻtkazilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VI sammitida bildirilgan edi.
Mazkur maqom Turksoy xalqaro madaniyati tashkiloti tomonidan beriladi. Tashkilot Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Turkmaniston ishtirokida 1993-yil 12-iyul kuni tashkil topgan. Hozirgi kunda ushbu tashkilotga 6 ta mamlakat aʼzo. Uning bosh qarorgohi esa Turkiyaning Ankara shahrida joylashgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring