Xiva koʻchalarida yangi avtobuslar harakatlana boshladi

Arxiv foto
Urganch va Xiva shaharlarini bogʻlovchi temir yoʻl liniyasi va zamonaviy vokzal binosi foydalanishga topshirilgach Toshkent – Xiva yoʻnalishida poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi. Endilikda xorijlik va mahalliy sayyohlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Buxoro – Xiva yoʻnalishi boʻyicha ham yoʻlovchi poyezdlari muntazam qatnay boshladi.
Shahar aholisi va mehmonlariga transport xizmati koʻrsatishni yaxshilash maqsadida yana bir loyiha amalga oshirildi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan “ISUZU” rusumli 14 ta avtobus xarid qilinib, temir yoʻl vokzalidan shahar atrofi yoʻnalishlarida belgilangan jadval boʻyicha harakatlana boshladi.
Endilikda sayyohlar zamonaviy avtobuslarda sayr qilib qadimiy shaharning betakror goʻzalliklaridan yanada koʻproq zavq olishlari mumkin - deydi Oʻzbekiston avtomobiltransporti agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi Rahmatillo Babayev. - Ushbu qulaylikdan mahalliy aholi , ayniqsa, dars mashgʻulotlariga transport vositasida qatnovchi talabalar, maktab oʻquvchilari juda mamnun.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi” muxbiri
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring