Xitoyda yirik oltin koni topildi. Zaxirasi 1000 tonnadan oshishi mumkin
Geologlar Xitoyning markaziy qismidagi Xunan provinsiyasida 82,8 milliard dollar (600 milliard yuan) qiymatidagi yirik oltin zahiralarini aniqladilar. Bu haqda mahalliy geologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ikki ming metrdan ortiq chuqurlikda 40 dan ortiq oltin tomirlar topilgan. Prognoz qilingan metall zaxiralari uch ming metrgacha boʻlgan chuqurlikda ming tonnadan ortiq deb baholanadi. Resurslarning narxi 600 milliard yuanni tashkil qiladi. Bu kashfiyot mintaqada oltin qazib olishda muhim qadam boʻldi, deydi mutaxassislar.
2023-yilda Xitoy 375,16 tonna oltin ishlab chiqardi, bu oʻtgan yilga nisbatan 0,84 foizga koʻpdir. Shu bilan birga, mamlakatda oltin isteʼmoli 1089,69 tonnani tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8,78 foizga oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring