Xitoy va Rossiya AQSH iqtisodiyotiga kutilmagan zarba berdi

Foto: Global Look Press
Rossiya va Xitoy soya bozori tufayli AQSH iqtisodiyotiga kutilmagan zarba berdi. Bu haqda Xitoyning “Baijiahao” nashri maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, Pekin uzoq vaqtdan beri AQSH soyasining asosiy xaridori boʻlib kelgan, biroq bir muddat avval Xitoy kompaniyalari xarid hajmini keskin qisqartirgan. Shu bilan birga, Rossiya Uzoq Sharqda soya ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi va uning eksport hajmi ikki barobarga oshdi.
“AQSHda tez orada soya yigʻim-terim mavsumi boshlanadi, ammo hozir bundan hech kim xursand emas. Chunki oʻtgan yilgi sotilmagan hosil hamon omborlarda yotibdi. Sanksiyalar teskari taʼsir koʻrsatdi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq AQSH vitse-prezidenti J.D.Vens Rossiya bilan aloqalari uchun Xitoyga nisbatan AQSHning yangi tariflari yoʻqligi bilan izohlagan edi. Uning soʻzlariga koʻra, amaldagi tariflar allaqachon ancha yuqori.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring