Xitoy Tayvanga yana xavf solmoqda

16:38 14 Oktyabr 2024 Dunyo
227 0

Foto: AFP

Oʻz-oʻzini boshqaradigan demokratik orol Tayvan Milliy kunini nishonlaganidan bir kun oʻtib, Xitoy armiyasi Tayvan yaqinida kemalar va samolyotlar bilan yana xavf sola boshladi.

“Qoʻshma qilich-2024B” deb nomlangan mashgʻulotlar dushanba kuni tongda boshlandi va bu Tayvan mustaqilligi kuchlarining separatistik harakatlariga nisbatan qattiq ogohlantirish boʻldi.

Xitoy armiyasiga koʻra, mashgʻulotlarda asosiy eʼtibor dengiz-havo jangovar tayyorgarligi patruli, asosiy portlar va hududlarni blokirovka qilish hamda dengiz va quruqlikdagi nishonlarga hujumni ham oʻz ichiga oladi.

Mashqlar davlat mavjudligi va milliy birlikni himoya qilish boʻyicha qonuniy va zarur operatsiya boʻlib, ularning yakunlanish sanasi maʼlum emas.

Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoyning mantiqsiz va provokatsion harakatlarini keskin qoraladi. Oʻz navbatida, mamlakat suverenitetini himoya qilish uchun tegishli kuchlarni joʻnatganini taʼkidladi.

Ertalab Tayvan atrofida Xitoy xalq ozodlik armiyasining 25 ta samolyoti va jami 11 ta kema, shu jumladan, dengiz flotining yettita kemasi aniqlangan.

“Men vatandoshlarimni ishontirib aytmoqchimanki, hukumat demokratik va erkin konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishda, demokratik Tayvanni qoʻriqlashda va milliy xavfsizlikni himoya qilishda davom etadi”, — deb yozgan prezident Tayvan yetakchisi Uilyam Lay.

Soʻnggi yillarda Xitoy oʻziniki deb daʼvo qilgan Tayvan atrofida harbiy faoliyatini kuchaytirdi.

“Xitoy xalq ozodlik armiyasi Layning Milliy kunidagi nutqidan keyin harbiy mashgʻulotlar oʻtkazishi kutilgan voqea edi!”, — dedi Germaniya “Marshall” jamgʻarmasining Hind-Tinch okeani dasturining boshqaruvchi rahbari Bonni Gleyzer. Mashqlar mahalliy auditoriyaga Xitoy Kommunistik partiyasi Xitoy hududini himoya qilish qaroriga ega ekanligini koʻrsatish effektiga ega. Shuningdek, ular Taypey va Vashingtonni Pekinning qizil chiziqlarini kesib oʻtmasliklari haqida ogohlantirmoqchi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Tayvanning asosiy xalqaro tarafdori va qurol yetkazib beruvchisi boʻlib qolmoqda.

Pekin Tayvanni oʻz nazoratiga olish uchun kuch ishlatishni inkor etmaydi va mashgʻulotlar Tayvan mustaqillik kuchlarining separatistik harakatlari uchun ogohlantirish ekanligi aytiladi.

Shuningdek, Pekin Tayvanni xalqaro maydondan oʻchirib tashlashga, uni global forumlardan toʻsib qoʻyishga va qolgan bir nechta rasmiy diplomatik ittifoqchilari bilan kurashishga harakat qilib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер