Xitoy-oʻzbek vaksinasining navbatdagi 1 mln dozasi olib kelindi
Bugun, 20-iyul kuni, Oʻzbekistonga Xitoydan yana 1 million doza Xitoy-Oʻzbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi.
ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 mln dozalik birinchi partiyasi joriy yilning 27-mart kuni, 1 million doza - 27-aprel kuni, 1 mln doza - 18-may kuni, 500 ming doza - 19-may, 1 mln doza – 10-iyunda, 1 mln doza 29-iyun kuni va yana 1 million doza 30-iyun kuni keltirilgan.
Ayni kunda Toshkentda 18 yoshdan yuqori aholi ixtiyoriy ravishda mazkur vaksina bilan emlanmoqda.
Bu Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda oʻzbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda klinik tadqiqotlari olib borilgan koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaksinadir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring