Xitoy kompaniyasi Navoiyda 70 million dollarlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoyning “Kashgar Changsheng Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va logistika jarayonlariga ilgʻor texnologiyalarni joriy etishga ixtisoslashgan mazkur kompaniya Yevroosiyo bozorida faol kengayayotgan yirik investorlardan sanaladi.
Uchrashuv davomida xitoylik ishbilarmonlar Navoiy viloyatida qishloq xoʻjaligini innovatsion asosda rivojlantirishga qaratilgan qator takliflarni taqdim etdi.
— Jumladan, 10 ming gektardan ortiq yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish lentalari ishlab chiqarish, urugʻchilik, paxta tozalash hamda toʻqimachilik korxonalarini barpo etish boʻyicha loyihalar taqdimoti oʻtkazildi, — deydi viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi Elyor Jumayev. — Investorlar ushbu obyektlarni barpo etish va ishga tushirish uchun kelgusi uch yilda kamida 70 million dollar sarmoya kiritish rejasini maʼlum qildi.
Hokim Normat Tursunov taklif etilgan loyihalar mutaxassislar ishtirokida atroflicha koʻrib chiqilishi, shuningdek, hamkorlikni tez fursatda yoʻlga qoʻyish uchun amaliy kelishuvlar ishlab chiqilishi haqida maʼlum qildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring