Xitoy kompaniyasi Namanganda misni qayta ishlash zavodi quradi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Keyingi yillarda viloyatning Xitoy davlati kompaniyalari bilan aloqalari mustahkamlanib bormoqda. Buni ushbu mamlakatning Namanganga investitsiya kiritish istagidagi ishbilarmonlar soni ortib borayotganida ham koʻrish mumkin. Kuni kecha hamkor davlatning “Boi Yi da” kompaniyasi vakillari hududda misni qayta ishlash zavodi qurish boʻyicha loyiha taklifi bilan keldi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov xorijlik mehmonlarni qabul qildi.
Xitoy kompaniyasi rahbari tavsiya etgan loyihaga koʻra, ish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich 40 million dollar atrofida boʻlib, ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Mahsulotlarni toʻliq eksportga chiqarish koʻzda tutilgan.
— Biz ham bu boradagi mavjud imkoniyatlarimiz haqida toʻliq maʼlumot berib, loyihani amalga oshirish uchun sharoit yaratib berilishini aytdik, — deydi Namangan viloyati hokimi oʻrinbosari Okibjon Inomov. — Ayni vaqtda xitoylik tadbirkorlar joylarga chiqib, zavod qurish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishmoqda.
Aytish joizki, Chust tumani hududidagi mis konlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish borasida xorij kompaniyasi taklif etgan loyiha eʼtiborga molik. Ikki tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishilishi mis zaxiralarini qazib olish va qimmatbaho metallni samarali tasarruf qilishning istiqbolli rejalarini natijaga aylantiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring