Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum oʻtkazildi
3-iyul kuni Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi. Mazkur forum Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targʻib qilish va Oʻzbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bagʻishlandi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakillari, Oʻzbekiston va Xitoyning davlat va xususiy sektor vakillari, jumladan, hukumat vakillari, biznes rahbarlari va investorlar, shuningdek, taniqli xitoylik sayyohlik blogerlari, “ShaanXi” ommaviy axborot vositalari, ZheJiang televideniyesi, radio va TV Chengdu kabi mashhur Xitoy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Forumni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʻzamov va CSC Airlines kompaniyasi vitse-prezidenti Den Venuy kirish soʻzi bilan ochdi.
Ulugʻbek Ahmadovich oʻzining kirish soʻzida Xitoyda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini keng targʻib qilishda forumning ahamiyatini taʻkidladi. Shuningdek, u oʻz nutqida mamlakatimizga xorijiy sayyohlar oqimi va turistik infratuzilma obyektlari soni ortib borayotganini taʼkidlab, xitoylik investorlarni Oʻzbekistonning turizm sohasida mavjud investitsiya imkoniyatlarini oʻrganishga chaqirdi.
Forumda “Milliy PR-markaz” direktori Dilfuza Samandarova Oʻzbekistonning turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotini taqdim etdi. Taqdimot Xitoy sayyohlik kompaniyalariga respublikamizning turizm istiqbollari haqida koʻproq maʻlumot olish va Oʻzbekiston korxonalari bilan hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganish imkonini berdi. Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni vakillari barcha mehmonlar va turizm tashkilotlarini joriy yilning 15-17-noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan “Ipak yoʻlida turizm” TITF-2023 Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasida ishtirok etishga chaqirdi.
Forum davomida Xitoy turizm sanoatining turli tarmoqlari vakillari, jumladan, Zhejiang Loong Air, sayyohlik agentliklari va turoperatorlari, jumladan, Sichuan yoshlar sayyohlik agentligi, Sian xalqaro turizm kompaniyasi, Shansi Chjungsin Silk Road xalqaro sayyohlik agentligi va boshqalar ham qatnashdi.
Oʻzbekiston va Xitoy tomonlari vakillari oʻrtasida B2B formatidagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, unda ishtirokchilar turizm sohasining bugungi holatini muhokama qildilar, Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini oʻrgandilar. Forum Oʻzbekiston va Xitoy sayyohlik kompaniyalari oʻrtasida bir qator shartnoma va anglashuv memorandumlarini imzolash marosimi bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston-Xitoy sayyohlik biznes-forumi ikki davlat vakillari oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam boʻldi. Forum ishtirokchilarga hamkorlik va investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlarni oʻrganish uchun platforma taqdim etdi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston turizm industriyasining yuksalishi va rivojlanishiga, mamlakatimizning jahon turizm bozoridagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring