Xitoy dunyoda birinchi boʻlib magnit podveskali poyezdni ishga tushirdi

10:55 17 Avgust 2022 Dunyo
979 0

Xitoy dunyoda birinchi boʻlib relslar bilan jismoniy kontakt qilmaydigan magnit podveskali poyezdni ishga tushirdi.

Poyezd yerdan 10 metr balandlikda 80 km/soat tezlikda harakatlanadi va 88 yoʻlovchini tashishga qodir. Eksperimental trassaning uzunligi 800 metrni tashkil qiladi.

Poyezd harakatlanishi uchun oz miqdorda elektr energiyasi talab qilinadi va poyezdni harakatga keltiradigan magnitning yaroqlilik muddati asrlarni tashkil qiladi. Bunday yoʻlni qurish narxi yer osti metrosini qurish narxidan oʻn baravar arzon.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?