Xitoy davlati rahbari Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikni koʻzdan kechirdi

12:36 06 Yanvar 2022 Sport
952 0

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin yaqinlashib kelayotgan Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi. Tashrif davomida u musobaqa uchun yangi qurilgan konkida yugurish stadioni, asosiy matbuot markazi, Olimpiya shaharchasida boʻlib, sportchilar va mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bu haqda tegishli manbalarga tayanib Milliy olimpiya qoʻmitasi maʼlum qildi.

“Yana bir oy astoydil harakat qilaylik. Aytganimdek, birdamlik muvaffaqiyat garovi. Qishki Olimpiya oʻyinlarini muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishimiz kerak. Bu oʻyinlar “yashil” (ekologiya maʼnosida), sodda va xavfsiz gʻoyamizni aks ettirishga imkon beradi”, – deya davlat rahbaridan iqtibos keltirmoqda “Insidethegames” nashri.

Eslatib oʻtamiz, Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari 4-20-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?