Xitoy aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni koʻpaytirishni rejalashtirmoqda
"Uzbekistan Airports" va "China Southern Airlines" kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, mavjud reyslar sonini oshirish va O‘zbekiston aeroportlariga yangi yo‘nalishlar ochish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tashuvchi mavjud yo‘nalishlar chastotasini haftasiga yetti martagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda "China Southern Airlines" aviakompaniyasi Toshkentdan Pekinga (haftasiga 4 marta) va Toshkentdan Urumchiga (haftasiga 5 marta) parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, "Uzbekistan Airports" kompaniyasi Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlaridan Xitoy shaharlariga yangi yo‘nalishlarni ochishni taklif qildi.
"China Southern Airlines" — Guanchjou shahrida joylashgan xitoy aviakompaniyasi bo‘lib, mahalliy, mintaqaviy va xalqaro reyslarni taklif etib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring