“Xelen” va “Milton” toʻfonlaridan keyin Floridada bakteriyalar tarqaldi

01:44 27 Oktyabr 2024 Dunyo
16809 0

AQSHning Florida shtatida halokatli “Vibrio vulnificus” bakteriyasi bilan kasallanish holatlari keskin oshgani qayd etildi. Epidemiya “Xelen” va “Milton” toʻfonlaridan keyin tarqala boshladi. Kasallik 13 kishining hayotiga zomin boʻldi, deya xabar bermoqda shtat Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Floridada bakteriya bilan kasallanganlarning umumiy soni 74 kishini tashkil etdi. Immunitet tizimi zaif va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarda “Vibrio vulnificus” isitma, titroq, past qon bosimi va terining shikastlanishiga olib keldi.

Bakteriyalar tomonidan infeksiyalangan yaralarni davolash jarrohlik, shu jumladan amputatsiyani talab qilishi mumkin. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?