Xatlovdan oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston boʻyicha qariyb 35 ming gektar yer maydoni qonunga zid ajratilgan
Avvalroq, Bosh prokuror Nigʻmatilla Yoʻldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart - sharoitlariga bagʻishlangan idoralararo yigʻilish boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edik.
Yigʻilishda qishloq xoʻjaligi sohasidagi vazirlik va idoralarda ham hanuzgacha turli qonun buzilishlar, suiisteʼmolchiliklarga barham berilmayotganligi tanqid ostiga olindi.Chunki oʻtgan ikki yilda qishloq xoʻjaligi sohasiga daxldor vazirlik va idoralarning 391 nafar xodimi turli koʻrinishdagi jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilgan. Misol uchun, Yangiyoʻl tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Yu. “Valiyev Invest baraka” fermer xoʻjaligi rahbari V. bilan til biriktirib, fermer xoʻjaligining 30 sotix yer maydonini soxta kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish orqali 38.400 dollarga sotib yuborgan. Qishloq xoʻjaligining rivoji, avvalo, yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanish bilan chambarchas bogʻliq. Lekin tizimdagi ayrim rahbarlarning yerlardan xoʻjasizlarcha va noqonuniy foydalanmoqda. Axir, yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish jarayonida respublika boʻyicha 967 ta holatda 34.822 gektar yer maydoni qonunga zid ajratib berilgani kichik raqam emas-da.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring