Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida

23:46 30 Iyul 2021 Hujjatlar
1218 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik, mehr-oqibat muhitini asrash, milliy madaniyatlar, urf-odat va anʼanalarning oʻziga xosligini saqlash hamda rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-maʼrifiy aloqalarni yangi bosqichga koʻtarish, davlatimizning tinchliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish borasidagi katta xizmatlari, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Djabbarov Raxmatulla Mamatovich - Respublika qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi

Pak Viktor Nikolayevich - Respublika koreys milliy madaniy markazi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi

Yusupov Gʻulamzakir Yesenovich - “Nurlы jol” gazetasi bosh muharriri


“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Aytjanov Uzakbay Yechanovich - Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi boʻlimi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Akopdjanova Galina Alekseyevna - Fargʻona viloyati rus milliy madaniy markazi raisi

Babayev Boris Raximovich - “Kultura.uz” veb-sayti bosh muharriri

Boyko Vladimir Fedorovich - “Slavutich” Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisi

Jalmenov Ulikbek Abilayevich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

Kapanadze Vaxtang Irakliyevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi “Zarafshon” qurilish-montaj boshqarmasi boshligʻi

Kurbanov Orazmirat Rejepovich - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi

Kurbanov Rustambek Djavdatovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi

Nabiullin Rishat Xismatullovich - Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-maʼrifiy markazi raisi

Pashayeva Gulnisa Firuzovna - Mirzachoʻl tumanidagi “Rasim Iroda” biolaboratoriyasi mudiri, Jizzax viloyati

Salomov Abduxalim - Shahrisabz tumanidagi “Gʻyelon” qishloq fuqarolar yigʻinining nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati

Setyan Martin Varazdatovich - Respublika arman milliy madaniy markazi raisi

Usenov Serikbay Nazarovich - Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi

I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Kim Lidiya Romanovna - Nukus shahridagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan

Alimxodjayeva Tatyana Sergeyevna - Respublika rus milliy madaniy markazi raisi oʻrinbosari

Musurmanova Yuliya Yuryevna - Yangiyer shahridagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabining rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi, Sirdaryo viloyati

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Juginisova Janar Yesenovna - Qoʻngʻirot tumani tibbiyot birlashmasining Jasliq davolash profilaktika muassasasi hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Shukurov Abduxakim Abduraximovich - Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining 69-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Surxondaryo viloyati

“Doʻstlik” ordeni bilan

Abdullayev Ilxam Yusif ogli - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi faoli

Avezdurdiyeva Guldana Xaldurdiyevna - Respublika turkman milliy madaniy markazi raisining oʻrinbosari

Babiskaya Vera Yakovlevna - Angren shahri belorus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Batbayev Zaripboy Tursinbayevich - “Oʻzbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatining “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filiali Ustyurt kon geofizika partiyasi guruh boshligʻi

Gunova Nataliya Konstantinovna - Muxtor Ashrafiy muzeyi direktori

Guseynov Firdusi Fagatovich - Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi

Djanibekova Nodira Abdusalomovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Sirdaryo viloyati qirgʻiz milliy madaniy markazi raisi

Ikromov Tadjibay Chimirovich - “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari

Kompolshik Yelena Aleksandrovna - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi aʼzosi

Mamatrizayev Nematillo Asatovich - “Buxoro qorakoʻli” uyushmasi raisi, Buxoro viloyati

Mironova Yelena Anatolyevna - “Wiedergeburt” Respublika nemis milliy madaniy markazi raisi

Vikentiy – Morar Viktor Aleksandrovich - Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiya mitropoliti

Nabiyeva Fina Xaziaxmitovna - Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi raisi oʻrinbosari

Savurov Mane Davurovich - Toshkent shahar dungan milliy madaniy markazi raisi

Skuridin Oleg Stanislavovich - “Svetlitsa polska” Respublika polyak milliy madaniy markazi raisi

Subxanova Gulandam Subxanovna - Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi

Fazilov Karim Shamanovich - Sirdaryo tumanidagi “Birdamlik” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Sirdaryo viloyati

Filippova Lyudmila Vladimirovna - “Maksam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyatining Madaniyat saroyi direktori oʻrinbosari, Toshkent viloyati

“Sogʻlom turmush” medali bilan

Abjamilova Erkinay Abdusattarovna - Xonobod shahridagi “Altin Ordo” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Grishina Lyubov Vasilyevna - Chinoz tumani rus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Kamalova Nazifa Mirzaliyevna - “Istiqlol avlodi” ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi rahbari, Jizzax viloyati

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Aldabergenov Kayrat Tutkaboyevich - Tomdi tumani hokimi, Navoiy viloyati

Kim Vyacheslav Vladimirovich - Andijon viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi

Pekos Oleg Andreyevich - Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Shukurov Gayratulla Samikovich - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi matbuot kotibi – raisning axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

“Shuhrat” medali bilan

Abduraxmonova Arzikul Mirzaraimovna - Chirchiq shahridagi “Soʻgʻdiyon” tojik milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Ametova Darigul Barlikbayevna - Moʻynoq tumanidagi “Tik oʻzyak” ovul fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Borovikova Anastasiya Dmitriyevna - “Pravda Vostoka” gazetasi katta muxbiri

Didarov Dauletmirat Arazquliyevich - Hazorasp tumanidagi “Sarimoy” qishloq fuqarolar yigʻini raisi, Xorazm viloyati

Ismoilov Baxtiyor Abdusattarovich - Paxtaobod tumanidagi “Sarvinoz parvoz” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Andijon viloyati

Ishmakov Shamil Nailevich - Namangan shahridagi xususiy tadbirkor, Namangan viloyati

Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich - Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Milliy simfonik orkestri bosh dirijeri

Kayumov Rustam Mirjalilovich - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinist-murabbiysi

Korsunova Tatyana Semenovna - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining faxriylar kengashi faoli

Kuvvatov Normurod Mamatmurodovich - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Alan” koni ustasi, Qashqadaryo viloyati

Murzametova Marina Ravshanovna - Yunusobod tumanidagi “Ahilobod” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Toshkent shahri

Ramazanov Ebazer Seytxaliyevich - “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Qalmoqir kon boshqarmasi “Yoshlik-1” karyeri ekskavator mashinisti

Saradjanova Anjelika Arturovna - Samarqand shahridagi “Marhabo” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Samarqand viloyati

Safoyev Baxodir Akparaliyevich - Soʻx tumanidagi “Sarikanda” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Fargʻona viloyati

Tatarenko Tamara Pavlovna - Samarqand viloyati “Polonez” polyak milliy madaniy markazi raisi

Tovstonog Andrey Grigoryevich - “Oʻzavto Motors Pauertreyn” aksiyadorlik jamiyatining quyish sexi ustasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                               Sh.Mirziyoyev

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?