Xalqimizning faxri, gʻururi va iftixori boʻlgan “Nasaf”ni hammamiz sevamiz — Murotjon Azimov

11:27 06 Dekabr 2021 Sport
786 0

Foto: Халқ сўзи

Kecha Qashqadaryoda Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan “Nasaf” futbol jamoasini sharaflashga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi. Qarshi shahridagi Islom Karimov koʻchasi boʻylab harakatlangan avtobusni yoʻl boʻylab futbol ishqibozlari olqishlar bilan qarshi olishdi. Markaziy oʻyingohda boʻlib oʻtgan bayram dasturida esa minglab “Nasaf” muxlislari stadionni toʻldirdi.

Bayram dasturida Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov soʻzga chiqib, futbolchilarni, murabbiylarni ulkan gʻalaba bilan muborakbod etdi.

— Xalqimizning faxri, gʻururi va iftixori boʻlgan “Nasaf”ni hammamiz sevamiz, — dedi viloyat rahbari. — Jamoa 1997-yildan buyon Oʻzbekiston Oliy ligasi musobalarida ishtirok etib, Oʻzbekiston chempionatining 10 karra bronza, 3 karra kumush medalini va bir marta Oʻzbekiston Super Kubogini qoʻlga kiritdi. “Nasaf” futbol jamoasi hozirga qadar yurtimiz jamoalari ichida yagona boʻlib turgan xalqaro sovrin — Osiyo Konfederatsiyalari Kubogini qoʻlga kiritgan. Oʻzbekiston kubogi sohibi boʻlgan “Nasaf” jamoasi vakillarini butun viloyat ahli nomidan, qolaversa, oʻz nomimdan samimiy muborakbod etar ekanman, ularga Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ham omadlar yor boʻlishini tilab qolaman.

Shundan soʻng Markaziy oʻyingohda taniqli sanʼatkorlar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?