Xalqaro moliya institutlari amalga oshirayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarga QQS boʻyicha imtiyoz qoʻllaniladi
Hukumat qarori (167-son, 28.04.2023-y.) bilan “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi.
Nizom bilan quyidagilar belgilandi:
— xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) QQS boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash;
— loyihalar doirasida qarz Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan boʻlsa, tovarlarni olib kirish va tovarlarni (xizmatlarni) sotib olishda QQSni toʻlash;
— Davlat byudjetidan QQSni toʻlash uchun mablagʻ ajratilgunga qadar loyihani amalga ashirish guruhi yoki ijro agentligiga 120 kun muddatga QQSni kechiktirib toʻlash huquqi berish;
— xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan va olib kiriladigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlanadigan QQSni qoplab berish.
QQS boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash uchun loyha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida tasdiqnoma taqdim etiladi.
Toʻliq yoki qisman xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlaridan QQSni qoplash uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan loyihalar boʻlganda, qarz oluvchilarga QQSni toʻlash uchun Davlat byudjetidan mablagʻlar ajratiladi.
Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanmaydigan loyihalar boʻlganda, QQS uchun toʻlovlar qarz oluvchilarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring