Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Xorazmda
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va institutlari bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan Xalqaro maslahat kengashi aʼzolari – Alfred Guzenbauyer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyule Xorazm viloyatida boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar, hududda keyingi yillarda amalga oshirilgan yirik loyihalar bilan tanishdi.
Viloyat hokimligida oʻtkazilgan muloqot chogʻida Xorazm viloyatining Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash, jumladan, avtomobilsozlik, toʻqimachilik, turizm va qishloq xoʻjaligi sohalariga sarmoya kiritish istiqbollari muhokama qilindi.
— Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Xorazmda azaldan dunyoning turli mintaqalari bilan savdo va madaniy aloqalar rivoj topgan, — deydi Xalqaro maslahat kengashi eksperti Alfred Guzenbauyer. — Bu hamkorlik bugungi kunda yangicha mazmun bilan boyib, yanada yuqori pogʻonaga koʻtarilgan. Maʼlumot uchun, Xorazm viloyatining Yevropa Ittifoqi bilan tashqi savdo aylanmasi 5-yil oldin 20 mln dollarni tashkil qilgan boʻlsa, oʻtgan yili ushbu koʻrsatkich 4-marta oshib, 80 mln dollarga yetdi.
Bugungi kunda viloyatda xorijiy investorlar ishtirokidagi 200 tadan ortiq korxonalar faoliyat yuritayotgan boʻlsa, shundan 47 tasi yevropalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tashkil qilingan. Kelgusida integratsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, tomonlar uchun teng manfaatli hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar berdik.
Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring