Xalqaro kuzatuvchi: “Oʻzbekistonliklar oʻz kelajagiga, Vatani taraqqiyotiga befarq emas”

12:15 27 Oktyabr 2021 Jamiyat
726 0

Shu yil 24-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi milliy qonunchiligimizga muvofiq, demokratik tamoyillarga toʻla mos holda, koʻtarinki ruhda boʻlib oʻtdi.

Buni nafaqat hamyurtlarimiz, balki ushbu muhim siyosiy jarayonni kuzatish uchun mamlakatimizga taklif etilgan xorijlik ekspertlar ham eʼtirof etmoqda.

«Yurtingizga toʻrt yil ilgari kelgandim Keyingi yillardagi oʻzgarishlar, amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari yaqqol sezildi. Xalqaro kuzatuvchi sifatida bir nechta saylov uchastkalarida boʻlib, jarayonni kuzatib bordim.

Eng avvalo, shuni taʼkidlashni istardimki, fuqarolarning Prezident sayloviga nisbatan munosabati nihoyatda ijobiy. Buni aholining ushbu muhim siyosiy tadbirdagi ishtirokidan ham sezish mumkin. Fuqarolarda saylovda “mening ovozim muhim”, degan qarash shakllangan. Demak, oʻzbekistonliklar oʻz kelajagiga, Vatani taraqqiyotiga befarq emas.

Masalan, eʼtiborimni tortgan jihat, 89 yoshli keksa nuroniyning saylov uchastkasiga kelib, ovoz berishi boʻldi. U bilan suhbatimiz chogʻida otaxon farzandlarim taqdiriga befarq boʻlolmayman, shu bois saylovda oʻzim ovoz berishga keldim, dedi.

Umuman, saylovga jiddiy tayyorgarlik koʻrilgan va u adolat mezonlari asosida oʻtdi, deb ishonch bilan aytolaman», — dedi Afgʻonistonning “Ufuq news” axborot agentligi direktori Maxdi Xuseyn Ali Muxammad.

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?