Xalqaro yoʻnalishlarda parvozlar geografiyasi kengaymoqda
Transport vazirligi Axborot xizmatining maʼlumotiga koʻra, 2023 — yilning yanvar-sentyabr oylarida yurtimiz aeroportlarida 59 700 ta havo kemalariga hamda 7 290,5 ming yoʻlovchiga xizmat koʻrsatildi.
Istanbul, Dubay, Frankfurt, Seul kabi xalqaro aeroportlardan Oʻzbekiston shaharlariga parvozlar hajmi keskin oshirildi.
Istanbuldan Toshkent, Fargʻona, Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlariga haftalik parvozlar chastotasi 14 tadan 64 taga;
Dubaydan Toshkent, Fargʻona va Samarqand xalqaro aeroportlariga haftalik parvozlar chastotasi 6 tadan 28 taga;
Seul va Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnovlar 8 tadan 14 taga;
Toshkentdan Frankfurt xalqaro aeroportiga parvozlar 1 tadan 4 taga oshirildi.
Oʻzbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish, ularga tanlash imkonini taqdim etish maqsadida “Uzbekistan airways” AJ Turkish airlines, Air Baltic, Malaysian airlines, Korean air, Lufthansa, Delta, China Southern airilines aviakompaniyalari bilan Interline va Code Share shartnomalarini imzoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring