Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy majmuasiga borishdi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termiz shahrida oʻtkazilayotgan “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan oʻrni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdi.
Umrini iymon va eʼtiqod, ilm-maʼrifat, diyonat yoʻlida baxshida etgan ulugʻ alloma haqiga Qurʼon tilovat qilinib, Yaratgandan xalqlarimizga tinchlik-farovonlik tilab duolarga qoʻl ochildi.
Mehmonlar majmuani ziyorat qilishar ekan, mahobatli maqbarani, serfayz hovli, bu yerdagi obodonlashtirish salobatli masjidni koʻrib, Oʻzbekistonda diniy sohada olib borilayotgan islohotlarga yuksak baho berdilar. Koʻplab ulamolarga beshik boʻlgan Oʻzbekiston diyori bugun ham islom dini rivojiga hissa qoʻshib, dunyo hamjamiyatida munosib oʻringa ega ekani taʼkidlashdi.
Hakim Termiziyning ilmiy merosi musulmon olamida yuksak ehtirom koʻrsatiladi. Uning asarlari hadis ilmiga katta hissa qoʻshgan va bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring