Xalq roziligi yoʻlida
Odilbek Odamboyev/«Xalq soʻzi». Xorazm viloyatiga qarashli Tuproqqalʼa massivi viloyat markazidan qariyb 200 km uzoqlikda joylashgan. Hududdagi Tuproqqalʼa maskani, Hazorasp, Sarimoy, Nukus mahallalarida 13 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Aholi muammolarini oʻrganish va samarali yechim topish maqsadida Tuproqqalʼada viloyat hokimining sayyor qabuli oʻtkazildi. Qabulda fuqarolarning uy-joy, ishga joylashish, davolanish uchun moddiy yordam olish, yoʻllarni taʼmirlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, qonuniy hal etildi.


Shu hududda yashovchi Shahnoza Matyoqubova 5 nafar farzandning onasi. Oʻz uyiga ega emasligi bois yillar davomida ijarama-ijara qiynalib kelayotgandi. Uning uy-joy taʼminoti boʻyicha murojaati shu kunning oʻzidayoq ijobiy yechimini topdi. Ehtiyojmand oilaga hududda barpo etilgan koʻp qavatli uydan 3 xonali yangi kvartira imtiyozli tarzda ajratildi.
– Uy-joy qilishga imkoniyatim boʻlmagani sababli yillar davomida bolalarim bilan ijara uylarda sarson boʻldik, – deydi Shahnoza Matyoqubova. – Prezidentimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrligi tufayli oʻz uyimizga ega boʻldik. Yangi uyga koʻchib kirganda farzandlarimning quvonchini bir koʻrsangiz edi. Yurtimizda inson qadri ulugʻligini, hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmasligiga yana bir bor amin boʻldim.

Tuproqqalʼa maskani mahallasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil qilindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Viloyatdagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarining 21 nafar yuqori malakali shifokorlari tomonidan 240 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring