Xalq rozi boʻlsa, ishda unum va baraka boʻladi

16:15 15 May 2023 Jamiyat
568 0

Davlatimiz rahbarining alohida topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Toshkent viloyatining Angren, Chirchiq shaharlari hamda Boʻka tumanida davom ettirdi.

Mazkur guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 26 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

Ishchi guruh tomonidan aholi muammolari va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni “mahallabay” oʻrganish yakunlari boʻyicha tasdiqlangan “Yoʻl xarita”lar ijrosini tahlil etish, sektorlar tomonidan hududda amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda fuqarolar murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni tegishli vazirlik va idoralar koʻmagida hal etilishini taʼminlash yuzasidan ishlar tashkil etildi.

Xususan, ichki yoʻllarning jami 59 km qismi taʼmirlandi. Shundan 8,5 km yoʻlga shagʻal yotqizildi, 6,4 km yoʻl betonlashtirildi, 41,1 km yoʻl asfalt qilindi.

Aholiga qoʻshimcha 80,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 264 ta gaz taqsimlash punktlari, 1 763 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi, gaz tarmoqlariga 42 ta ustunlar oʻrnatilib, 3 km gaz quvurlari taʼmirlandi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 494 ta temir beton tayanchlar yangilandi, 4 ta transformator oʻrnatildi, 14,3 km tarmoq tortildi.

Ichimlik suvini yaxshilash borasida 52,7 km ichimlik suvi tarmogʻi tortildi, 45 dona quduq va 36 dona gidrant qurish, taʼmirlash ishlari bajarildi.

Jami 59,3 km uzunlikda optik tola aloqa tarmogʻi tortildi va 798 nafar xonadon internet xizmatiga ulandi.

Tijorat banklari tomonidan 3 758 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 151,3 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi. Jumladan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 724 nafar fuqaroga 17,3 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi.

Jami 973 nafar fuqaroning bandligiga koʻmaklashildi. Shundan, 465 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 148 nafar fuqarolar kasb-hunarga oʻqitildi, 360 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 100 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan 531,0 mln. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. Shuningdek, Chirchiq shahrida 63 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻladigan asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish jarayonida.

“Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasidan aprel oyida “Temir daftar” roʻyxatidagi 614 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 1,5 mlrd. soʻmlik yordam koʻrsatildi. Shundan, 417 nafar fuqaroga 738,2 mln. soʻm moddiy yordam koʻrsatildi, 43 nafar fuqaroga uy-joy taʼmirida 119 mln. soʻmlik koʻmak berildi.

“Ayollar daftari” roʻyxatidagi 1 980 nafar xotin-qizlarga 2,0 mlrd. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi.

“Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 199 nafar fuqarolarga 1,0 mlrd. soʻmlik yordam koʻrsatildi. Shundan, 76 nafar fuqaroga 234,8 mln. soʻmlik kontrakt toʻlovi, 40 nafar fuqaroga 225,9 mln. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi, 40 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 231,8 mln. soʻmlik hamda safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat uchun 43 nafar fuqaroga 387,3 mln. soʻmlik koʻmak berildi.

Sektorlar tomonidan homiylarni jalb qilgan holda 995 nafar ehtiyojmand oilalarga 1,1 mlrd. soʻmlik homiylik yordamlari koʻrsatildi.

Chirchiq, Angren shaharlari va Boʻka tumanida aholi murojaatlariga asosan Respublika ishchi guruhi tomonidan 182 ta muammo (66 tasi qurilish va kommunal sohada, 33 ta moddiy yordamga oid, 32 tasi huquq-tartibot, 20 tasi bank, 20 ta pensiya taʼminoti, 11 ta bandlik) ijobiy hal etildi.

Ishchi guruh respublikamizning boshqa hududlarida oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?