Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari
Yangilanayotgan Konstitutsiyada inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish, chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish, aholi farovonligini yanada oshirish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish muhim omil sifatida qayd etilgan.
Barchamizga maʼlumki, Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha umumxalq referendumini – 2023-yil 30-aprel, yakshanba kuni oʻtkazish belgilandi. Shu munosabat bilan, butun yurtimiz boʻylab “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida targʻibot tadbirlari samarali oʻtkazilmoqda.
Jumladan, FVV Akademiyasida 2023-yil 30-mart kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy-vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi Magʻfirat Zikirova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekfilm kinostudiyasi aktyori Alisher Ataboyev, Taniqli shoir hamda aktyor Anvar Nishonov, Toshkent Davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlari doktori Feruza Muxiddinova Akademiya harbiy xizmatchilari, kursantlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar, Akademiya kursantlariga yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari, mamlakatimiz hayotida tutgan oʻrni, unga kiritilayotgan yangi qoʻshimchalar va oʻzgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini alohida taʼkidlab oʻtdilar.
Shuningdek, Soʻnggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, islohotlarning ortga qaytmasligini ishonchli konstitutsiyaviy himoyasini taʼminlash, ushbu erishilgan natijalar, huquq va erkinliklardan kelajak avlodlarimiz emin-erkin foydalanishi uchun ularni Konstitutsiyada muhrlab qoʻyishimiz zarurligi xususida keng fikr-mulohazalar bildirdilar.
̶ Konstitutsiyaning yana muhim jihatlari biri shundaki, endi farzandlar tarbiyasi bilan bir qatorda, ularga taʼlim berish, barkamol voyaga yetkazish ham ota - onalarning majburiyati ekani Konstitutsiyada mustahkamlanmoqda deydi ̶ Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy-vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi Magʻfirat Zikirova ̶ Zero, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʻlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish esa davlatning asosiy burchi sifatida belgilanmoqda.
Farhodjon XOʻJAYEV,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Akademiyasi katta oʻqituvchisi, mayor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring