Keniyada hukumatga qarshi namoyishlar oqibatida 16 kishi halok boʻldi (+video)
Joriy yilning 25-iyun, chorshanba kuni Keniyada politsiya zoʻravonligidan norozi boʻlgan mahalliy aholi vakillari hukumatga qarshi norozilik namoyishi oʻtkazdi. Bu haqida “NBC News” nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mazkur norozilik namoyishi mamlakat boʻylab 47 ta okrugdan 23 tasini qamrab olgan. Mahalliy politsiya mazkur namoyishlarni toʻxtatish maqsadida qilgan harakatlari oqibatida 16 nafar fuqaro halok boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, namoyish uchun yigʻilgan minglab keniyaliklar mamlakat boʻylab koʻplab binolarga zarar yetkazgan, jumladan, ikkita politsiya boshqarmasi boʻlimi namoyishchilar tomonidan vayron qilingan.
Taʼkidlanishicha, namoyishchilar avvalroq mahalliy blogerning hibsga olinishi hamda koʻp oʻtmay nomaʼlum sabablarga koʻra vafot etganidan gʻazablanib, norozilik namoyishlariga chiqishgan. Mahalliy politsiya ushbu namoyishlarni toʻxtatish uchun oʻqotar quroldan foydalanib, bir nafar fuqaroni otib oʻldirgan. Shu sababli mamlakat boʻylab norozilik namoyishlari avj olgan.
Namoyishlarning avj olib borayotgani tufayli parlament hamda prezident idorasi maxsus sim toʻsiqlar bilan oʻrab olingan hamda hududga olib kiruvchi yoʻllar toʻliq yopilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring