Kemerovoda Usmon Nosir haykali ochildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”ga qarorida Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiya, Yozuvchilar uyushmasi va “Shahidlar xotirasi” jamgʻarmasiga Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida Usmon Nosir xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik oʻrnatish va uning tantanali ochilish marosimini oʻtkazish vazifasi berilgan edi. Shundan soʻng masʼul tashkilotlar Rossiya Federatsiyasining tegishli idoralari bilan muzokaralar oʻtkazdi va bu boradagi ishlar boshlanib ketdi.
Qaror ijrosiga koʻra, Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida oʻzbek xalqining otashin shoiri Usmon Nosirga haykal oʻrnatildi va 2023-yilning 4-sentyabr kuni ushbu yodgorlikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Kemerovo viloyati gubernatori Sergey Sivilyov ochib berdi. Marosimda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxbir elchisi Botirjon Asadov, Rossiya tashqi ishlar vazirligining Novosibirskdagi vakili Nikolay Afanasev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va boshqa ijodkorlar soʻzga chiqdi.
Anjumanda Novosibirskda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalar, xorijiy mamlakatlarda doimiy va vaqtincha yashayotgan vatandoshlar, shuningdek, mahalliy ijodkorlar va Kemerovo viloyati Mariinsk shahrining keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Haykal muallifi Konstantin Zenich shoir Usmon Nosirning oʻziga xos siymosini yarata olgan.
Oʻzbekiston delegatsiyasi, Oʻzbekiston elchixonasining Novosibrskdagi bosh konsulxonasi hamda mahalliy aholi vakillari Mariinskdagi oʻrmonzor qaridagi qatagʻon qurbonlari mozorida dafn etilgan Usmon Nosirning qabrini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilinib, oʻtganlar xotirasi yod etildi. Shoirning qabriga gullar qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring