Kelinglar, orzu qilaylik!
Kelinglar, birgalashib niyat qilaylik!
Tez orada, subhichogʻda — kunning nurafshonlik debochasida tojdor virus batamom yengildi degan xushnud xabarni eshitib bir-birimizdan suyunchi soʻraymiz. Keling, oʻshanda, suyunchi uchun “Ilohi, bunday balo ikkinchi takrorlanmasin” degan tilagimizni tutamiz.
Va sogʻinganimiz — baland togʻlar, kengliklarga chiqib “Naqadar totlisan, ham omonatsan hayot!” deya bor ovozimiz bilan, toki qalbimizdagi bugungi dilgirlik arigunga qadar shodon naʼra tortamiz, qichqiramiz, hatto baqiramiz ham.
Qoʻmsaganimiz — qarindosh-urugʻ, yoru birodar diydoriga shoshilamiz. Tugʻilib oʻsgan qishlogʻimiz ostonasida bir zum toʻxtab “Omonmisan, jonajon goʻsham!”deya salom beramiz. Azim chinor tagida chordona qurib, shoshqin suvlar jilvasidan zavq olamiz.
Kelinglar orzu qilamiz, pandemiyani yenggach, gʻolibligimiz timsoli sifatida xalqimizning yana-da kuchli, qudratli MEHR-OQIBAT qoʻrgʻonini quramiz, peshtoqiga millionlab yurtdoshlarimiz qalbidan hamjihatlikning turfa ranglarini olib “Hamisha omon boʻl, jonajonim — Oʻzbekistonim” deb yozib qoʻyamiz!
Va yana oʻsha xotirjam kunlarimiz qaytganda, eng avvalo, uning har damini qadrlab, OLLOHga shukronalar aytamiz!
Kelinglar, orzu qilaylik... va albatta, hozircha uyda qolaylik.
Zero, oʻzimizni, yaqinlarimiz - hammani asrasak oʻsha koronavirus balosi daf qilingan kunda, barchamiz bir-birimizni tabriklash, bir-birimizdan suyunchi soʻrash baxtiga ega boʻlamiz, shubhasiz!
Ahmadali SHERNAZAROV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring