Kelgusi 7 yilda yana 56 ta zamonaviy samolyot olib kelamiz va avia-parkimizni 100 taga yetkazamiz — Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida kelgusi rejalar haqida to‘xtalmoqda.
“Avtomobil, havo va temir yo‘l transporti tarmog‘ini yanada kengaytiramiz. Raqamlarga e’tibor qiling. 2016 yilga qadar 25 yil ichida O‘zbekiston 25 ta samolyot olib kelgan. Birgina monopol aviakompaniyamiz bor edi.
So‘nggi yillarda 19 ta zamonaviy samolyot olib kelindi, 5 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi. Natijada, shu yilning o‘zida avia-tashuvlar soni 2 barobarga ko‘paydi.
Kelgusi 7 yilda yana 56 ta zamonaviy samolyot olib kelamiz va avia-parkimizni 100 taga yetkazamiz. Aviaqatnovlar soni 4 barobar oshiriladi, xalqaro parvozlar yo‘nalishlari 5 karra ko‘paytiriladi.
Buning uchun:
— hududlardagi 6 ta yirik aeroport xususiy sherikchilik asosida yangilanadi;
— “Ochiq osmon” rejimi barcha aeroportlarda joriy qilinadi (Samarqand, Buxoro, Urganch, Andijon, Qarshi, Termiz va Nukusga “beshinchi havo erkinligi” berilgan)”, – dedi nomzod.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring