“Kelajakdan gapiramiz”: 2034 yilgi qishki Olimpiada o'yinlari mezbonligi kutilmagan shaharga berildi

Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi 2034-yildagi qishki Olimpiada va Paralimpiya oʻyinlarini AQSHning Yuta shtatida joylashgan Solt-Leyk-Siti (Salt-Lake-City) shahrida oʻtkazilishini maʼlum qildi.
XOQ Parijdagi 142-sessiyasida shunday qaror qabul qilgan. Qayd etish kerakki, ushbu shahar avval ham, 2002-yilda, ushbu nufuzli turnirni qabul qilgan edi. Mezbonlikni qoʻlga kiritish uchun “Yuta 2034” delegatsiyasiga Yuta gubernatori Spenser Koks, Solt-Leyk-Siti meri Erin Mendenxoll, AQSH Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Jean Sayks boshchilik qilishdi.
Maʼmurlar dunyo sportchilarini Yuta shtatida kutib olishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Gubernator Koks bu turnirning qabul qilinishi shahar aholisi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganini va 80 foizdan ortiq ovoz bilan qoʻllab-quvvatlanganini taʼkidladi.
XOQ prezidenti Tomas Bax Solt-Leyk-Siti va Yutani Olimpiya oʻyinlari oʻtkazishdagi tajribasi hamda harakatini yuqori baholagan. U 2002-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining muvaffaqiyatli oʻtganini esga olib, ularning oʻyinlarni tashkil etish qobiliyatiga ishonch bildirgan.
2034-yilgi Qishki oʻyinlar barqarorlikni taʼminlash va atrof-muhitga taʼsirni minimallashtirish uchun mavjud yoki vaqtinchalik arenalarda oʻtkaziladi. AQSHning Butunjahon antidoping agentligi (WADA) ham Yutadagi sharoitlar qoidalariga toʻliq mos kelishini tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring