Keyingi oʻquv yiliga qadar 10 ta oliy taʼlim muassasasi zamonaviy laboratoriya bilan jihozlanadi
Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sunʼiy intellekt laboratoriyasi yoʻqligiga eʼtibor qaratdi.
Keyingi oʻquv yiliga qadar 10 ta oliy taʼlim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlash reja qilingan. Shu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami 9 ta shunday laboratoriya tashkil qilish tashabbusi maʼqullandi.
“Yangi Oʻzbekiston” universitetida “tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sunʼiy intellekt klasteri” ishga tushiriladi. Keyingi oʻquv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda sunʼiy intellekt boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyiladi.
Oliygohlarda sunʼiy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yoʻnalishlar uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshiriladi. Talabalarning sunʼiy intellektga qiziqishini oshirish maqsadida oliygoh jamoalari oʻrtasida sunʼiy intellekt boʻyicha umummilliy tanlov oʻtkaziladi.
Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritildi. Lekin bunda sunʼiy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi aytildi.
Shu bois, bunday startaplarni koʻpaytirish maqsadida mukofot jamgʻarmasi 1 million dollar boʻlgan “Sunʼiy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap” tanlovini oʻtkazish taklif qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring