Keyingi haftada ham ayrim hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 25-yanvar-1-fevral kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida hafta davomida asosan quruq ob-havo saqlanadi, faqat 26-28-yanvar (Xorazmda 27-28-yanvar) kunlari ayrim joylarda qor yogʻishi mumkin. Ushbu kunlarda baʼzi hududlarda tuman tushishi, yoʻllarda yaxmalak kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 7-12 metr/sekund boʻlib, harorat kechalari 6-11 daraja sovuq, kunduzi esa 3 daraja sovuqdan — 5 daraja iliqqacha boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 25-yanvarda ayrim joylarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatilishi mumkin. 26-yanvar kuni asosan yogʻingarchiliksiz boʻlishi, Navoiy viloyatining shimolida esa ayrim hududlarda qor yogʻishi ehtimoli saqlanib qoladi. 27-28-yanvar kunlari baʼzi joylarda qor yogʻadi, 29-yanvar-1-fevral oraligʻida esa yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 25-yanvarda ayrim hududlarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, havo harorati kunduzi 5-12 daraja iliqqacha koʻtariladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 25-yanvarda ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, 26-yanvar kuni esa asosan quruq ob-havo kuzatiladi. 27-28-yanvar kunlari ayrim hududlarda qor yogʻadi, 29-yanvar-1-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi baʼzi joylarda 22–25 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechalari 3 daraja sovuqdan — 5 daraja iliqqacha, kunduzi esa 1-12 daraja iliqqacha oʻzgaradi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 25-yanvarda, shuningdek, 27-28-yanvar kunlari ayrim joylarda yomgʻir va qor yogʻishi mumkin, 29-yanvar-1-fevral oraligʻida esa yogʻingarchilik kutilmaydi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida hafta davomida asosan quruq ob-havo kuzatiladi, faqat 27-28-yanvar kunlari ayrim hududlarda qor yogʻishi ehtimoli bor. Togʻli hududlarda esa 25 va 27-28-yanvar kunlari qor yogʻadi, 25-26-yanvar kunlari qor koʻchishi xavfi mavjud boʻlib, yoʻllarda yaxmalak kuzatilishi mumkin.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, 25 va 27-28-yanvarda baʼzi joylarda qor yogʻadi, 26, 29-31-yanvar va 1-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28-yanvarda yoʻllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 25-26-yanvarda qor koʻchishi xavfi bor. Shamol oʻzgaruvchan yoʻnalishda 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 25-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi 8-13daraja sovuqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuqdan 3 daraja sovuq — 2daraja iliqqacha oʻzgarib turadi. daraja
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring