“Katta chimyon” togʻida adashib qolgan fuqaro qutqarib olindi

Togʻda yoʻldan adashib, dengiz sathidan taxminan 2000 metr balandlikda qolib ketgan fuqaroga yordam koʻrsatildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi.
Issiq kunlar kelishi bilan fuqarolar turli dam olish maskanlariga, togʻli hududlarga va suv boʻylariga hordiq chiqarish maqsadida borishadi, ammo bunda ayrim koʻngilsiz holatlar ham uchrab turibdi.
Shu kabi hodisalardan birida, 25-may kuni soat 17:35 da Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani hududidagi “Katta chimyon” togʻiga ikki nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, ulardan biri yoʻldan adashib qolishi natijasida togʻdan tusholmay qolganligi haqida xabar berilgan.
Xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni dengiz sathidan taxminan 2000 metr balandlikdan xavfsiz hududga olib tushishgan.
Boshqa bir holatda esa 19-may kuni Burchmulla qishlogʻi hududidagi “Kopir tosh” togʻiga uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, ulardan biri ehtiyotsizligi oqibatida toyib ketib chap oyogʻidan jarohat olishi natijasida togʻda qolib ketgani toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar qilingan va fuqaro xavfsiz hududga olib tushilib, tuman tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgandi.
Xulosa qilib aytganda, togʻli hududlarga sayohat qilishdan oldin fuqarolarga har doim oldindan reja tuzish, ob-havo sharoitini hisobga olish, tajribali yoʻlboshchi bilan yurish va kerakli anjomlar bilan taʼminlanish tavsiya etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring