Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (527-son, 20.08.2025-y.) bilan “Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizom ishsizlar, shu jumladan, “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning ishsiz aʼzolari yoki rasmiy daromadga ega boʻlmagan ish qidirayotgan shaxslarni kasb va xorijiy tillarga oʻqitish xarajatlarini vaucher asosida qoplab berish tartibini belgilaydi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining ecosys.mehnat.uz tizimida vaucher asosida ushbu toifadagi shaxslarni oʻqitadigan taʼlim tashkilotlarining elektron reyestri yuritiladi.
Talabgor vaucher olish uchun Vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki mahallalardagi hokim yordamchilari orqali, shuningdek, ecosys.mehnat.uz tizimi orqali ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Talabgorga, birinchi navbatda, tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan 1 kun muddatda uning mutaxassisligidan kelib chiqib, mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlari taklif qilinadi.
Fuqaroning mutaxassisligi boʻlmaganda yoki taklif etilgan ish oʻrni maʼqul kelmaganda, vaucher taqdim etish masalasi koʻrib chiqiladi.
Bunda talabgor ecosys.mehnat.uz tizimida skoringdan oʻtkaziladi va uning belgilangan toifalardan biriga kirishi aniqlansa, u vaucher olish huquqiga ega boʻladi.
“Talabgor vaucherdan 3 oy muddatda foydalanishi lozim. Vaucher asosida kasb va xorijiy tillarni oʻrganish istagini bildirgan talabgor 1 marotaba bepul oʻqish huquqiga ega”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring