Karmana tumaniga 1 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb etiladi

Foto: Illustrativ foto
Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xitoylik investor Ju Dongliang taʼsischiligida “Zarafshon Industrial Technology” MCHJ xorijiy korxonasi 2019-yili Karmana tumanida tashkil etilib, unga ijara huquqi bilan 30 gektar yer maydoni ajratilgan edi.
Oʻtgan davr mobaynida investor tomonidan umumiy qiymati 46 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan investitsiya loyihalari ishga tushirilib, 200 ming tonna olium, 120 ming tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda korxona barqaror ishlab, 300 nafarga yaqin aholini doimiy ish oʻrni bilan taʼminlagan. Ishlab chiqarilgan mahsulotning yarmidan koʻpi eksportga yoʻnaltirilmoqda.
— Viloyatimiz hokimi boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning iyun oyida Xitoy davlatiga xizmat safari doirasida ushbu mamlakatning investorlari bilan muzokaralar olib borib, uning natijasi oʻlaroq tumanimizga 2028-yil oxiriga qadar 1 mlrd AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish hisobidan kimyo sanoati yoʻnalishidagi yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishildi, — deydi Karmana tumani hokimi oʻrinbosari Sherzod Zayniyev. — Kelishuvga koʻra tuman hududidan 100 gektar yer maydoni ajratilishi belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-noyabrdagi “Navoiy viloyati Karmana tumanida kimyo sanoati yoʻnalishida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga bilan Karmana tumanida 104 gektar yer uchastkasida kimyo sanoati yoʻnalishida yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha “Zarafshon Industrial Technology” MCHJ XK tomonidan bildirilgan taklif eng yaxshi taklif sifatida tanlab olinib, yer maydoni ajratildi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, mazkur loyihalar orqali tumanda ikki mingdan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Shuningdek, ushbu korxona tomonidan bunyod etiladigan quvvatlar aholi yashash manzilidan olisda boʻlsada uning atrof-muhitga taʼsirini doimiy monitoring qilib borish vazifalari belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring