“Karyera kuni” - talaba-yoshlar uchun imkoniyat

Shahrisabz Davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar uchun “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Joriy yilda mazkur institutni 280 nafar bakalavr hamda 152 nafar magistr bosqichidagi bitiruvchilar tamomlamoqda. “Karyera kuni” tadbirida viloyatdagi 14 ta tuman hamda 2 ta shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mas’ullari ushbu bitiruvchilar bilan uchrashib, o‘zaro muloqot o‘tkazdi. Bo‘lg‘usi pedagoglarga viloyatdagi bog‘cha va maktablarda mavjud bo‘lgan 1100 dan ortiq vakant ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi.
- Yakunda 137 nafar bitiruvchilarimiz o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tegishli vakant lavozimlarda ishlashga rasman taklif qilindi, - deydi institutning axborot xizmati rahbari Charos Hamrayeva. - Shu bilan birga, 204 nafar bitiruvchilar bilan o‘quv amaliyoti o‘tash hamda kelgusida ishga joylashish bo‘yicha uch tomonlama shartnomalarni imzolandi.
Tadbirda institut rahbariyati hamda ish beruvchilar o‘rtasida talaba-yoshlarning amaliyot o‘tash jarayonlarini samarali tashkil etish, ikki tomonlama tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shu kabi bir qator masalalar yuzasidan o‘zaro muloqot o‘tkazildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring