Karate WKF boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakunlandi
Karate WKF boʻyicha bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtdi.
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida karate WKF boʻyicha bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari boʻlib oʻtdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasi hamda Sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 800 nafardan ziyod iqtidorli karatechilar bahs olib borishdi.
Uch kun davom etgan bahslarda oʻz omadlarini sinovdan oʻtkazgan karatechilar orasidan eng kuchlilari aniqlandi. Kecha ushbu chempionatning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Musobaqa yakuniga koʻra turli nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar taqdirlanishdi:
Sanjar Maqsudov - 2020-yilning eng yaxshi hakami;
Xurshid Shodiyev - kata yoʻnalishida 2020-yilning eng yaxshi murabbiyi;
Ilhom Umarov - kumite yoʻnalishida 2020-yilning eng yaxshi murabbiyi;
Sofiya Kaspulatova - 2020-yilning eng yaxshi ayol murabbiyi;
Bekzod Turgʻunov - 2020-yilning eng yaxshi sportchisi;
Ruzanna Xolxodjayeva - 2020-yilning iqtidorli yosh sportchi qizi;
Bonu Egamberdiyeva - 2020-yilning eng yaxshi ayol sportchisi;
Asilbek Sagatov - 2020-yilning eng iqtidorli yosh sportchisi;
Nabijon Nuriddinov - 2020-yilning eng yaxshi yosh murabbiyi;
Boburshoh Hakimov - 2020-yilning umidli yosh sportchisi.
Quyidagi sportchilar sovrindorlar safidan joy oldi:
12-13 yoshli qizlar
1. Aziza Karimova (Qashqadaryo);
2. Mohinur Teshaboyeva (Toshkent viloyati);
3. Farangiz Mullajonova (Toshkent viloyati).
12-13 yoshli oʻgʻil bolalar yakka kumite yoʻnalishida (-35kg)
1. Xudoynazar Toxirov (Xorazm);
2. Suhrob Saʼdullayev (Xorazm);
3. Ravshan Rahimov (Samarqand);
3. Abubakr Muhiddinov (Namangan).
12-13 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar (-40kg)
1. Sulaymon Egamberdiyev (Xorazm);
2. Samandar Safarov (Surxondaryo);
3. Muhammadamin Mirzahakimov (Andijon);
3. Siroj Allanazarov (Xorazm).
12-13 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar (-45kg):
1. Aziz Hasanov (Sirdaryo);
2. Nuriddin Rahimov (Samarqand);
3. Salohiddin Hamzayev (Surxondaryo);
3. Iskandar Abduvohidov (Surxondaryo).
Yakka kata yoʻnalishi
12-13 yoshli qizlar (Toshkent viloyati)
1. S.Murodboyeva;
2. S.Turgʻunboyeva;
3. Sh.Yuldasheva;
4. M.Teshaboyeva.
Yakka kata yoʻnalishi
12-13 yoshli oʻgʻil bolalar
1. Asadbek Azizov (Toshkent viloyati);
2. Shahbozxon Abduvohidxonov (Toshkent viloyati);
3. Nuriddin Rahimov (Samarqand).
Kata yoʻnalishi (jamoaviy)
12-13 yoshli oʻgʻil bolalar
1. Toshkent viloyati
2. Andijon viloyati
3. Xorazm viloyati (5 nafar)
12-13 yoshli qizlar
1. Xorazm viloyati
2. Toshkent viloyati (6 nafar).
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Taʼkidlash kerak, joriy yildan eʼtiboran Oʻzbekiston chempionatlarida hududiy chempionat gʻolib va sovrindorlaridan tashkil topgan terma jamoalar ishtirok etishi belgilab qoʻyilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring