Karate bo‘yicha yosh chempionlar aniqlanmoqda
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Joriy yilning 1-3 mart kunlari Poytaxtimizning “Universal” sport saroyida karate bo‘yicha bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu chempionat bahslarida 8-9 yoshli karatechilar tatamiga ko‘tarilib kata va kumite yunalishlarida eng kuchlilar saralandi.

Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Unda xushovoz xonandalar o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, mohir karatechilarning ko‘rgazmali chiqishlari davraga fayz bag‘ishladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi tomonidan 2020 - yil yakunlari bo‘yicha bir kator faol sportchi va murabbiylar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Musobaqalarning ikkinchi kuni (2 - mart kuni) 10 - 11 yoshli sportchilar o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, chempionatning uchinchi kuni (3 - mart kuni) 12 - 13 yoshli sportchilar karatening yakka kata, jamoa kata va yakka kumite yo‘nalishlarida Respublika chempionlarini aniqlashadi.





Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring