Karantinda tabiatning oʻzi uyingizda mehmon boʻladi...(Foto Video)
Purviqor togʻlar, mangu qoyalar, muz choʻqqilar, yam-yashil oʻrmonlar-u oʻtloqlar, qir-adirlar, bepoyon choʻllar, dunyoning hech bir yerida uchramaydigan dorivor oʻsimliklar, kamyob fauna olami. Bularning barchasi ona-Vatanimizning musaffo osmoni ostida jamlangan. Ular Oʻzbekistonning betakror tabiatini, noyob neʼmatlarini, ilmiy til bilan aytganda, oʻxshashi yoʻq bioxilma-xilligini oʻzida ifodalaydi.
Bunday manzaralarni qancha tomosha qilsang ham toʻymaysan kishi. Rassom moʻyqalami qancha harakatlanmasin, shoir ilhomi toʻxtamay qaynasin, baribir serquyosh diyorimizning ilohiy peyzajlarini toʻligʻicha koʻrsatib bera olmaydi. Tabiatimizning bu goʻzalliklarini faqat his qilish mumkin. Tuygʻularni esa soʻz ifodalab bera olmaydi.Bu yaqinda Ugom-Chotqol taraflarga ekspeditsiya safida sayohatga chiqqan muxbirimiz Hasan Paydoyevning aytgan gaplari.




Mazkur fikrlar qanchalik rost ekanligini bilishni istaysizmi?Buning uchun salkam 200 chaqirimlik sarguzashtlar haqida batafsil toʻxtalmoqchi emasmiz. Doʻlana uchun esa toqqa chiqishingiz ham shart emas. Gap shundaki, togʻlarning oʻzi xonadoningizga “tashrif“ buyuradi.Yaqin kunlarda yurtimizning ugomu chotqolcha malohati, latofatini oʻzida aks ettirgan videolavhani eʼtiboringizga havola etamiz. Va uni tomosha qilsangiz, yuqoridagi gaplarimiz qanchalik haqiqat ekanligiga shohid boʻlam.





Hozircha, xamir uchidan patir deganlaridek, shu boʻyicha tayyorlangan anonsimiz bilan tanishib tursangiz. Bu ham karantin davrida uyda qolganingizda oʻzgacha estetik zavq bagʻishlashi qatori sizni gʻoyibona oʻsha yovvoyi landshaftlar tomon olib ketadi.







Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring