Karantin qoidalari nimani cheklaydi?
arxiv foto
Karantin qoidalari nimani cheklashi haqidagi savolga Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh Gʻiyosov javob berdi.
“Birinchidan, keskin zarurat boʻlmaganda fuqarolarni koʻchaga chiqish tavsiya etilmaydi.
Toshkent shahar, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida faoliyat olib borayotgan patrul xizmatlari, Sizni koʻchada yurganingizni koʻrsalar, toʻxtatib koʻchaga chiqish sababni soʻrashlariga xaqli. Agar sababsiz yurganingzni bilsalar ular Sizga ogohlantirish berib uyingizga qaytarib yuboradilar.
Ikkinchidan, yaqin qarindoshlar, bular ota-ona, aka-uka, turmush oʻrtogʻi va farzandlaringizdan tashqari koʻchalarda 3 dan ortiq odam toʻlansa bu ham karantin qoidasini buzish hisoblanadi.
Uchinchidan, shaxsiy avtotransport vositangizda, xukumat komissiyasi tomonidan eʼlon qilingan va maxsus stikeri mavjud transport vositalaridan tashqari, koʻchada harakatlansangiz karantin qoidasini buzgan hisoblanadi.
Toʻrtinchidan, koʻchada yoki transport vositasida tibbiy niqobsiz boʻlish karantin qoidasini buzish hisoblanadi.
Karantin qoidasini buzganlar MJtKning 54 moddasi bilan javobgarlikka tortiladilar.
Bunda jarima miqdori ogʻirlik darajasiga qarab 1 mln 100 ming soʻmdan 11 mln soʻmgacha belgilangan. Agar Sizni harakatlaringiz ogʻir oqibatlar xavfini keltirib chiqarsa, Jinoyat Kodeksining 257 prim 1 moddasi bilan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan javobgarlikka tortilishingiz mumkin.
Qilmishingiz oqibatida odam oʻlimi kelib chiqsa 10 yilgacha jazo chorasi belgilangan.”, deydi G'iyasov.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kungacha 173 kishida koronavirus aniqlangan. 8 kishi bu darddan butkul forigʻ boʻlgan, 2 kishi esa vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring