Karantin: Ehtiyojmandlar ijtimoiy himoyalanmoqda
Koronavirus pandemiyasi davrida aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga muntazam ravishda xayriya yordamlarini koʻrsaiish maqsadida Sherobod tumanida ham homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi faoliyat olib bormoqda. Xayriya tadbirlari doirasida yolgʻiz keksalar, jismoniy imkoniyati cheklangan va ishsiz fuqarolar, karantin tufayli doimiy daromaddan ayrilgan shaxslar hamda kam taʼminlangan oilalarga xayriya yordamlari koʻrsatilayapti.

Tumanning “Choʻyinchi”, “Qishloqbozor”, “Oltinvoha”, “Mihrobod”, “Sherobod”, “Gʻurjak-1”, “ Qulluqsho”, “Istiqbol” , “Oqtepa”, “Kattabogʻ”, “Nurtepa”, “Xoʻjaqiya-1”, “Oyinli”, “Uchyogʻoch” singari mahallalarida istiqomat qiluvchi 50 dan ortiq ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalarga kunlik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari tegishli sanitariya-gigiyena qoidalariga binoan ularning yashash manzillariga yetazib berildi. Bu boradagi xayriya ishlarini tez va muntazam amalga oshirish uchun 12 ta “Damas” avtomashinasi ajratilgan. Xayriya tadbirlari eng olis hududlarni ham qamrab olayotgani bilan ahamiyatlidir. Navbatdagi aksiya doirasida tuman markazidan qariyb 50 kilometr olisda joylashgan togʻli “Poshhurt” mahallasi aholisi ham bunday eʼtibordan chetda qolmadi.


Ilhom Rahmatov,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring