Karantin cheklovlari ota-onasi mehnat migratsiyasida boʻlgan bolalarga qanday taʼsir koʻrsatdi?
YUNISEF va Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) tashabbusi bilan “Oʻzbekistonda migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarga "COVID-19”ning bolalar huquqlariga taʼsirini baholash" tadqiqoti amalga oshirildi.
Ushbu Bola huquqlariga taʼsirni baholash (BHTB) Bolalar ombudsmani boshchiligida Bola huquqlari boʻyicha masʼul boʻlgan Yevropa tarmogʻi (BHMET) tomonidan tayyorlangan Umumiy asosiy konsepsiyani va BHTBni moslashtirish boʻyicha milliy maslahatchini jalb qilgan holda, migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalar (MJB)ning hayoti va salomatligini himoya qilish, ularning ushbu huquqlariga boʻlgan taʼsirini oʻrganish uchun pandemiyaning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlar, hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar, siyosatlar, byudjet qarorlari, "COVID-19» bilan bogʻliq dasturlar va xizmatlarni koʻrib chiqish uchun oʻtkazildi.
“Oʻzbekiston Respublikasida migratsiyadan jabr koʻrgan bolalarga "COVID-19”ning bola huquqlariga taʼsirini baholash» tadqiqoti asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish boʻyicha ekspert guruhi aʼzolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda qayd etilishicha, umumiy hisobotda "COVID-19» pandemiyasi tufayli tatbiq etilgan karantin cheklovlarining ota-onasi mehnat migratsiyasida boʻlgan bolalarga qanday taʼsir qilganligi tahlil qilingan.
Hisobotda mazkur vaziyatning umumlashtirilgan tahlili keltirilgan boʻlib, hukumat va mutasaddi tashkilotlar uchun kelajakda shunga oʻxshash vaziyatlarda bolalar duch kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarning oldini olish yoki yengillashtirish boʻyicha siyosatni ishlab chiqishda tavsiyalar berilgan.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring