Kambagʻallikni keskin kamaytirish uchun odamlarimizga doimiy daromad keltiradigan ish oʻrinlarini yaratish zarur — Prezident
Bu yil 5 million aholi bandligini taʼminlash boʻyicha alohida dastur qabul qilindi.
Kambagʻallikni keskin kamaytirish uchun odamlarimizga doimiy daromad keltiradigan ish oʻrinlarini yaratish zarur, — dedi davlat rahbari.
Oʻtgan yili 16 ta tuman va shaharda doimiy ish oʻrinlarini yaratish rejasi 70 foizga ham bajarilmagani koʻrsatib oʻtildi. Bandlik idoralari esa ish soʻrab kelgan odamlarga osongina nafaqa tayinlashga oʻtib olgani tanqid qilindi.
Shuningdek, respublikadagi 319 ta mahalladagi hokim yordamchilari aholini biznesga jalb qilish, bandlikni oshirish, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha natija koʻrsata olmagani qayd etildi.
Jumladan, Ш.Рашидов, Pastdargʻom, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 ta hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz.
Ushbu hokim yordamchilarini toʻliq yangilash va tajribali hokim yordamchilarini biriktirish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring