Kambagʻal oilalarga tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun foizsiz ssudalar beriladi
Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, kambagʻal oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi. Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali maʼlumot berildi.
“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-64-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablagʻlari bilan taʼminlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar aʼzolariga oʻz faoliyatini boshlashi uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar oʻrniga foizsiz ssuda ajratish tizimi joriy etilishi belgilangan.
Aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past boʻlgan subsidiyalar bekor qilinadi hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalar birlashtiriladi.
Jumladan, 2026-yil 1-yanvardan aholiga naqd pul shaklida beriladigan moliyaviy yordamlar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali ajratilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2025-yil 20-martgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Subsidiya, ssuda va grantlarning samaradorligini baholash va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring