Kam taʼminlangan, teng huquqliligi buzilgan hamda psixiatriya yordami koʻrsatilayotgan shaxslarga bepul yuridik yordam koʻrsatiladi

12:34 22 Iyun 2023 Jamiyat
472 0

AOKAda Adliya vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan maʼlumot berildi.

Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladigan ishlar roʻyxatiga fuqarolik, maʼmuriy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni kiritish orqali fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari kengaytirilmoqda.

Shuningdek, Qonunga asosan, davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni elektron tanlash imkoniyati yaratilmoqda. Mazkur advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tasodifiy tanlanadi.

Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatlar haqidagi maʼlumotlar ochiq va shaffof holda “Yuridik yordam” axborot tizimida eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер