Kaftdekkina yerdan katta daromad
Foto: “Xalq soʻzi”
Xalqimiz yerni xazinaga qiyoslaydi. Bu bejiz emas, albatta. Agar yer bilan tillashib, dillashib mehnat qilsangiz, uning bir parchasidan ham milliardlab daromad topish mumkin. Buni oʻz vaqtida anglab yetgan ota-bobolarimiz har qarich yerdan unumli foydalanishga, bogʻ-rogʻlar yaratishga alohida eʼtibor qaratishgan.
Bugun ham kichik tomorqadan tonnalab hosil olib, ham oʻz oilasi farovonligini taʼminlayotgan, ham bozorlarimiz toʻkisligiga hissa qoʻshayotgan oilalar koʻp.

Koson tumanining Araliq mahallasida istiqomat qilayotgan Shahlo Toʻrayeva ham bundan bir necha yil avval hovlisining bir burchagida qoʻlbola usulda kichik issiqxona qurib, u yerga 4 tup limon koʻchatini oʻtqazgan edi. Bugunga kelib, har bir tup limondan 50 kilogrammdan oshirib hosil olmoqda.
Eʼtiborimizni tortgan jihat, hovlidagi 3 sotix tomorqada bir qarich ham boʻsh yer yoʻq. Hamma joyga turli koʻkatlar, sabzavot, poliz mahsulotlari uch-toʻrt tupdan boʻlsada, ekib chiqilgan. Moʻjazgina maydonning chetiga tartib bilan oʻnlab mevali daraxtlar joylashtirilgani esa oila aʼzolarining dehqonchilikdagi uquvidan darak berib turibdi.

— Ozgina narida yana 4 sotixcha tomorqamiz bor, — deydi Shahlo Toʻrayeva. – U yerda ham meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiramiz. Bu avvalo oilamiz ehtiyojini qoplaydi, isteʼmoldan ortgani esa bozorga chiqarilyapti.
Tomorqa — rizq-nasiba, moʻmay daromad manbai. Uning dasturxonimiz fayzu barakasi, aholi turmush farovonligi, yurt obodligini taʼminlashdagi oʻrni beqiyos. Hamma gap Shahlo opa kabi undan oqilona foydalanishda.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring