Kaftdek tomorqadan katta daromad
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Ishtiyoq va qatʼiy harakat boʻlsa, katta daromad olish uchun katta sharoit boʻlishi shart emas. Andijon shahrida istiqomat qiluvchi Uzroxon aya Karimova faoliyati bilan tanishgach, shu fikrga keldik.
— Hammasi toʻrt bosh qoʻydan boshlangan, — deydi Uzroxon aya. —Tomorqamizdagi bodring va pomidordan olingan foydaga qoʻy sotib olganmiz. Hisob-kitob qilib koʻrsak, bu tomorqachilikdan koʻra yaxshi daromad berarkan. Shu bois 4 bosh qoʻyni sotib, 8 bosh qoʻzi xarid qildik. 6-7 oylik parvarishdan soʻng ularni ham sotib, qoʻylar sonini oshirdik. Hozirga kelib tomorqamizni qoʻychilik fermasiga aylantirganmiz.
Qoʻylarni parvarishlash uchun Uzroxon aya kelinlarini yoniga olgan. Bir kunda uch mahal yemini berish, tozalash ishlari u qadar murakkab emas. Biroq daromadi yaxshigina.
— Ayni paytda bir oyda 130 bosh qoʻydan 30 million soʻmgacha daromad olyapmiz, — suhbatda davom etadi Uzroxon aya. — Uydan chiqmagan holda mablagʻ ishlab topish boʻyicha toʻplagan tajribamizni qoʻshnilarimga ham ulashib turaman. Shu tariqa mahallamizda qoʻychilik rivojlanib bormoqda.
Dono xalqimiz “Izlagan imkon topar”, deb bejiz aytmagan. Kaftdekkina joydan ham unumli foydalanayotgan Uzroxon aya Karimova faoliyati boshqalarga ham saboqdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring